JIDU “Diplomat” teatr jamoasi “Giyohvandlik — umr zavoli” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

JIDU “Diplomat” teatr jamoasi “Giyohvandlik — umr zavoli” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    JIDU “Diplomat” teatr jamoasi “Giyohvandlik — umr zavoli” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    JIDU “Diplomat” teatr jamoasi “Giyohvandlik — umr zavoli” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi”ning 31.5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Mazkur bandga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlik illatining ayanchli oqibatlarini badiiy vositalar orqali ochib berish maqsadida “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishlari bellashuvi tashkil etildi

    Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur bellashuvda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat” teatr jamoasi yuksak mahorat, ijodiy yondashuv hamda dolzarb ijtimoiy muammoni chuqur yoritib bergani uchun faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Jamoa tomonidan sahnalashtirilgan “Sarob” spektakli giyohvandlikning inson hayoti, uning kelajagi va yaqinlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini ta’sirchan hamda badiiy ifoda orqali yorqin namoyon etdi. Asarda yoshlarning noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishi, bu yo‘lning og‘ir oqibatlari, fojeali holatlar hamda mazkur illatning jamiyat uchun naqadar xavfli ekani chuqur ochib berilgan. Mazkur yutuq talabalar o‘rtasida ijodiy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.