
“Yo‘l harakati xavfsizligi – yoshlar va jamoat uchun muhim masala” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
“Yo‘l harakati xavfsizligi – yoshlar va jamoat uchun muhim masala” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 16-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-3 kurs talabalariga yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Yo‘l harakati xavfsizligi – yoshlar va jamoat uchun muhim masala” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassis, Yo‘l-patrul xizmati hodimi podpolkovnik Shuhrat Ochilov ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyati, shuningdek yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, ularni hushyorlik va mas’uliyatga chaqirish, yo‘l belgilariga e’tibor berish hamda svetofor signallariga amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar.




