JIDUda siyosiy texnologiyalar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

JIDUda siyosiy texnologiyalar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda siyosiy texnologiyalar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda siyosiy texnologiyalar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-iyuldagi PQ–330-son “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, universitetda ta’lim jarayonini amaliyot bilan integratsiyalash, talabalar ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qarorda belgilangan vazifalarda oliy davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, vazirlik va qo‘mitalarning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish alohida qayd etilgan.

    Shu maqsadda, 2026-yil 6-8-aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-kurs talabalari uchun “Siyosiy texnologiyalar” fani doirasida navbatdagi amaliy mahorat darsi o‘tkazildi. Mazkur darsni “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori E.Sultanova boshchiligida, Shanhay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Sobirov Qobiljon Qosimovich tomonidan olib borildi.

    Ma’ruzachi Q.Sobirov talabalar bilan zamonaviy siyosiy jarayonlar, xalqaro tashkilotlarning diplomatik mexanizmlari, xalq diplomatiyasining o‘sib borayotgan ahamiyati hamda mintaqaviy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida batafsil fikr almashdi. Mashg‘ulot davomida talabalarning siyosiy kommunikatsiya, strategik yondashuv, xalqaro muzokaralarda psixologik omillardan foydalanish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlar ham bajarildi.

    Mahorat darsi jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, ekspert esa ularga real tajriba asosida puxta javoblar berdi. Tadbir, shubhasiz, yoshlarning siyosiy tafakkurini kengaytirish, ularni xalqaro maydondagi jarayonlarni ongli ravishda tahlil qilishga o‘rgatish borasida muhim qadam bo‘ldi.  JIDUda bunday uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda. Ularning barchasi talabalarning professional kompetensiyasini oshirish, ilmiy-amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy kadrlar tayyorlash jarayoniga xizmat qiladi.