JIDU va FTA Qoraqalpog‘istonning Orol dengizidan keyingi davr transformatsiyasi bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazdi

JIDU va FTA Qoraqalpog‘istonning Orol dengizidan keyingi davr transformatsiyasi bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazdi

    JIDU va FTA Qoraqalpog‘istonning Orol dengizidan keyingi davr transformatsiyasi bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazdi

    JIDU va FTA Qoraqalpog‘istonning Orol dengizidan keyingi davr transformatsiyasi bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazdi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Orol dengizidan keyingi davr taraqqiyotidagi rivojlanish imkoniyatlari: muammolar va iqtisodiy imkoniyatlardan qanday samarali foydalanishi mumkin?

    2025-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti (JIDU) hamda Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) hamkorligida o‘tkazilgan konferensiyada aynan shu masala muhokama markazida bo‘ldi. Tadbir ikki institutning ikkinchi yirik qo‘shma tashabbusi sifatida o‘tkazildi.

    Konferensiyada 200 dan ortiq ishtirokchi — talabalar, tadqiqotchilar, nodavlat tashkilotlar vakillari, xalqaro tashkilotlar, Fransiya kompaniyalari hamda O‘zbekistonning yetakchi davlat idoralari vakillari qatnashdi.

    Konferensiyani ochib berganlar:

    · Sodiq Safoyev — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori

    · Valid Fuk — Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

    · Olivye Granvuane — FTAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori

    Tadbir «Amudaryo: yo‘qolgan dengiz sari oqayotgan daryo» nomli hujjatli film namoyishi bilan boshlandi. Film Orol dengizi inqirozining insoniy oqibatlarini chuqur yoritib berdi.

    Panel muhokamasi ishtirokchilari:

    · Dilfuza Egamberdiyeva — ISCAD direktor o‘rinbosari, tuproq mikrobiologiyasi va barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspert

    · Gulnara Joldosbaeva — yoshlar iqlim faoli va ekologik yetakchi

    · Davletiyar Jiemuratov — artemiya akvakulturasi va mahalliy iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert

    · Turayeva Suriya — JIDU Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi professori

    · Ann Shetayl — FTA Parijdagi bosh ofisi loyihalar menejeri

    Muhokama jarayonida sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bioxilma-xillik, iqlimga chidamlilik va barqaror yashash vositalarini rivojlantirishda kompleks va tizimli yechimlar zarurligi ta’kidlandi.

    FTAning Qoraqalpog‘istondagi yirik loyihalari:

    · Degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va ekotizim barqarorligini kuchaytirish maqsadida 28 ming gektar maydonda o‘rmonlashtirish va agroo‘rmonchilik ishlarini amalga oshirish.

    · Suenli sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish — Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda suvdan samarali foydalanishni yaxshilash va iqlimga mos qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash

    Konferensiya, shuningdek, ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va ekologik faollik orqali Oralbo‘yi kelajagini shakllantirishda yosh tadqiqotchilar, yosh yetakchilar va faollarning muhim rolini alohida qayd etdi.

    JIDU va FTA mazmunli va istiqbolga yo‘naltirilgan muhokamada ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorlik bildirdi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.