JIDU talabalari Hind kinosi kunlari festivalida ishtirok etdilar

JIDU talabalari Hind kinosi kunlari festivalida ishtirok etdilar

    JIDU talabalari Hind kinosi kunlari festivalida ishtirok etdilar

    JIDU talabalari Hind kinosi kunlari festivalida ishtirok etdilar

    2026 yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan Hind kinosi kunlari festivalida qatnashdilar.

    Ushbu festival doirasida namoyish qilingan “Buyuk Tanvi” nomli film talabalarda chuqur taassurot qoldirdi. Ushbu film ijodkorlari autizmdan aziyat chekayotgan bolalarning o‘ziga xosliklari, ular bilan qanday muomalada bo‘lish masalalari, jamiyatda ularning boshqalar bilan teng imkoniyatga ega ekanligi va har bir inson o‘z orzusiga erishishi uchun harakat qilishi haqidagi fikrlarni ilgari surganlar.