JIDUda professor A.S.Rasulov yubileyiga bag‘ishlangan SAMEIR-2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda professor A.S.Rasulov yubileyiga bag‘ishlangan SAMEIR-2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda professor A.S.Rasulov yubileyiga bag‘ishlangan SAMEIR-2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda professor A.S.Rasulov yubileyiga bag‘ishlangan SAMEIR-2026 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    2026-yilning 15-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tizimli tahlil va matematik modellashtirish sohasida O‘zbekistonda yetakchi ilmiy maktab vakillaridan biri bo‘lgan professor Rasulov Abdujabbor Sattarovichning 75-yillik yubileyiga bag‘ishlangan SAMEIR-2026 xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Professor A.S. Rasulov iqtisodiyotda Monte-Karlo usullari va matematik modellashtirishni qo‘llash bo‘yicha ilmiy maktab asoschisi hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida uning rahbarligida JIDUda moliyaviy bozorlarni prognozlash, risklarni tahlil qilish va zamonaviy amaliy masalalar, jumladan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq pogodali derivativlar va klimatik risklarni tadqiq etishga bag‘ishlangan doimiy ilmiy seminar faoliyat yuritib kelmoqda.

    Professorning ilmiy ishlari xalqaro konferensiyalar va yetakchi ilmiy jurnallarda keng taqdim etilgan. Uning tadqiqotlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida ma’lum bo‘lib, maqolalari nufuzli xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga kiritilgan. Olimning ilmiy faoliyatida Yaponiya, AQSH va Xitoyning xalqaro grantlari hamda akademik dasturlari alohida o‘rin tutadi.

    Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida professor A.S. Rasulov fan doktorlari va fan nomzodlarini tayyorlagan, yuzlab ilmiy va o‘quv-metodik ishlar, jumladan monografiyalar va darsliklar muallifi hisoblanadi. Uning, shu jumladan, ingliz tilida o‘qiladigan ma’ruzalari talabalarda matematik modellashtirish, ma’lumotlar tahlili va tizimli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy va xalqaro jarayonlarni tizimli tahlil qilish, matematik va kompyuter modellashtirish sohasidagi dolzarb ilmiy va amaliy masalalarni muhokama etish, fanlararo yondashuvlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

    Konferensiya doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:

    ·  rasmiy ochilish va plenar majlis;

    ·  yetakchi va taklif etilgan xorijiy ma’ruzachilar chiqishlari;

    ·  zamonaviy fanning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan to‘rtta seksion majlis.

    Plenar qismda professor A.S.Rasulovning ilmiy-pedagogik faoliyatiga, shuningdek ehtimollar nazariyasi, amaliy matematika, Monte-Karlo usuli va iqtisodiyotda matematik modellashtirish sohalariga qo‘shgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.

    SAMEIR-2026 konferensiyasi universitet ilmiy hayotida muhim voqeaga aylanib, akademik an’analar va zamonaviy fanlararo yondashuvlarni uyg‘unlashtirdi hamda professor A.S. Rasulovning milliy va jahon fanini rivojlantirishdagi salmoqli hissasini yana bir bor namoyon etdi.

    Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:

    1.   Xalqaro-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va modellashtirish

    2.  Xalqaro munosabatlar va jahon siyosatida modellashtirish va tizimli tahlil

    3.  Murakkab tizimlarni matematik va kompyuter modellashtirish

    4.  Barqaror rivojlanish, kommunikatsiya va global xavfsizlik bo‘yicha fanlararo yondashuvlar

    Seksion majlislar doirasida ekonometrik tahlil, agentli modellashtirish, sun’iy intellekt va Big Data, moliyaviy matematika, barqaror rivojlanish hamda global xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi.

    Konferensiyada O‘zbekiston, AQSH, Koreya Respublikasi, Italiya, Qozog‘iston, Malayziya va boshqa mamlakatlardan olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Konferensiyaning ishchi tillari o‘zbek, rus va ingliz tillari bo‘lib, bu keng xalqaro ilmiy muloqotni ta’minladi.

    Konferensiya yakunlari bo‘yicha quyidagilar qayd etildi:

    ·  taqdim etilgan ma’ruzalarning yuqori ilmiy saviyasi;

    ·  muhokama qilingan tadqiqotlarning amaliy ahamiyati;

    ·  yosh olimlar va doktorantlarning faol ishtiroki.

    Konferensiya materiallari ISBN va DOI berilib, to‘plam shaklida nashr etildi, eng yaxshi maqolalar esa AIP Conference Proceedings (Scopus) jurnalida chop etish uchun tavsiya qilindi. SAMEIR-2026 konferensiyasi universitetning ilmiy hayotida muhim voqea bo‘lib, akademik an’analar va zamonaviy fanlararo yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda professor A.S. Rasulovning milliy va jahon fanini rivojlantirishdagi ulkan hissasini yana bir bor ta’kidladi.