
Talabalar turar joyi majmuasida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Talabalar turar joyi majmuasida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyi majmuasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual va psixologik salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv “Agarda bugun o‘zgarmasang...” degan hayotiy va dolzarb shior ostida kechdi.
Universitet psixologi N. Norova hamda Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi F. Ernazarova hamkorligida tashkil etilgan muloqotda majmuada istiqomat qilayotgan talabalar va Yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirok etishdi. Tadbirda bo‘lajak diplomatlar uchun hayotiy zarur bo‘lgan vaqt qadri, stressga chidamlilik va shaxsiy rivojlanish rejasi (IDP) kabi mavzular interaktiv treninglar orqali tushuntirildi.
Talabalar turar joyida samimiy va jonli savol-javob shaklida o‘tgan ushbu uchrashuv yoshlarga o‘z ustida ishlash va kelajak sari dadil qadam tashlash uchun kuchli motivatsiya berdi. Zero, universitetning maqsadi nafaqat malakali kadrlar tayyorlash, balki har tomonlama sog‘lom dunyoqarashga ega komil shaxslarni tarbiyalashdir.




