Yuta shtati Senati delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi

Yuta shtati Senati delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi

    Yuta shtati Senati delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi

    Yuta shtati Senati delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 15-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams va AQShning Turkiyadagi sobiq elchisi va “World Trade Center Utah” raisi Jeff Flek boshchiligidagi Yuta shtati (AQSH) Senati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Delegatsiya tarkibiga Yuta shtatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyati, biznes hamjamiyati va ta’lim tashkilotlarining yuqori martabali vakillari kirdi.

    Uchrashuv avvalida Amerika tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, mamlakatning yangilangan tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

    Shuningdek, delegatsiya a’zolariga JIDU salohiyati va AQSH universitetlari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Jumladan, akademik almashinuv, IXTI qoshidagi Amerika tadqiqotlari markazi negizida qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, JIDU Executive Education tizimi orqali iqtisodiyot, moliya va menejmentning dolzarb masalalari bo‘yicha davlat organlari kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish qayd etildi.

    Raqamli texnologiyalar, shu jumladan sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

    Yuta Senati Prezidenti S.Adams O‘zbekistondagi islohotlarning yuqori sur’atini qayd etib, o‘zbek xalqining qat’iyati va salohiyatiga qoyil qolganini ta’kidladi.

    “Stirling Foundation” fondi prezidenti M.Xansen Yuta universitetlari ishtirokida "Executive Education" qo‘shma dasturlarini o‘tkazishda, amerikalik ekspertlarning IXTI qoshidagi Amerika tadqiqotlari markaziga tashriflarini tashkil etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

    Fikr almashish chog‘ida tomonlar sheriklikning barqaror rivojlanishiga ishonch bildirib, akademik, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.