
JIDUda “Mutolaa” jamoasi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
JIDUda “Mutolaa” jamoasi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

2026-yil 4-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida universitet Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Mutolaa” jamoasi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar “Mutolaa” loyihasining faoliyati, shuningdek audio kitoblarni yaratish jarayoni, ularning tayyorlanish bosqichlari hamda platformadan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan mutolaa madaniyatining yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati ham alohida ta’kidlandi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar “Mutolaa” platformasining premium sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, uchrashuv doirasida JIDU talabalari uchun maxsus imkoniyat taqdim etilib, “diplomatiya2026” promokodi orqali “Mutolaa” premium obunasini 50% chegirma asosida rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
Mazkur kabi uchrashuv va tashabbuslar talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




