XORIJIY DAVLATLARDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

XORIJIY DAVLATLARDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    XORIJIY DAVLATLARDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    XORIJIY DAVLATLARDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    Joriy yilning 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etish” yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich magistrantlari uchun “Xorijiy davlatlar fuqarolik va savdo huquqi” fanidan “Xorijiy davlatlarda intellektual mulk huquqi” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi. Master-klass “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek hamda mazkur kafedra professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.

    Master-klassni o‘tkazish uchun fuqarolik va intellektual mulk huquqi sohasida mutaxassis, yuridik fanlar doktori, professor Raimova Nargiza taklif etildi.

    Master-klass davomida Raimova Nargiza turli xorijiy huquqiy tizimlarda intellektual mulk huquqini tartibga solishning o‘ziga xos jihatlarini yoritib berdi. Xususan, u intellektual mulk obyektlarini himoya qilishning qiyosiy-huquqiy jihatlariga, jumladan mualliflik huquqi, patent huquqi hamda individuallashtirish vositalariga, shuningdek ushbu sohaning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga alohida e’tibor qaratdi.

    Magistrantlar mazkur mavzuga katta qiziqish bildirdilar, muhokamalarda faol ishtirok etdilar, intellektual mulk huquqi normalarining amaliy qo‘llanilishiga oid dolzarb savollar berdilar hamda ularga batafsil va asoslantirilgan javoblar oldilar.

    Mazkur master-klassning o‘tkazilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16-Barqaror rivojlanish maqsadi «Tinchlik, adolat va samarali institutlar»ni amalga oshirishga bevosita hissa qo‘shadi, xususan 6.3-vazifa huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng kirishni kafolatlash.

    Mazkur master-klass akademik muloqotni rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa bo‘ldi.