
JIDUda Gretsiya elchisi ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
JIDUda Gretsiya elchisi ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O'zbekiston manfaatlari” kursi doirasida Gretsiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Paraskevi Tzeveleki xonimning tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida talabalar zamonaviy Gretsiya, uning tashqi siyosati va iqtisodiyoti bilan tanishdilar. Bunda milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog‘i hisoblangan dengiz sanoatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mamlakatning madaniy merosi, tarixiy an’analari va bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi mamlakatshunoslik videoroligi namoyish etildi.
Savol-javoblarga boy o‘tgan sessiya davomida talabalar xalqaro xavfsizlik, tashqi iqtisodiy hamkorlik hamda O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar istiqbollarini muhokama qildilar. Elchi xonim o‘z tajribasi va dolzarb xalqaro jarayonlar bo‘yicha professional qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir ochiq va mazmunli muhitda o‘tdi hamda talabalar uchun xalqaro munosabatlar va diplomatik amaliyot bo‘yicha bilimlarini boyitishda muhim imkoniyatga aylandi.



