
JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar
JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdilar

Joriy yilning 3-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan “Yangi monetar siyosat chegaralari va unda transformatsiya, integratsiya jarayonlari” mavzusidagi xalqaro anjumanda faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida zamonaviy iqtisodiyotda transformatsiya va integratsiya jarayonlarining o‘rni hamda monetar siyosatni amalga oshirishga doir zamonaviy yondashuvlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Anjumanda Markaziy bank raisi T.A.Ishmetov hamda slovakiyalik yetakchi mutaxassislar va ekspertlar qatnashdi. Ma’ruzalar doirasida global iqtisodiy tendensiyalar, pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi dolzarb masalalar yoritildi. Anjumandagi ishtirok talabalarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va kasbiy salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.
| Sana: | 03.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 76 |
| Ulashish: |



