
Yetakchi mutaxassis “Lider notiqlik san’ati” fani doirasida mahorat darsini o‘tkazdi
Yetakchi mutaxassis “Lider notiqlik san’ati” fani doirasida mahorat darsini o‘tkazdi

2025-yilning 10-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Davlat boshqaruvi magistratura yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi asosida Nuriymon Abulhasan ishtirokida master-klass treningi bo‘lib o‘tdi.
Nurimon Abdurahim Abulhasan - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimida ishlagan, keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i ham bo‘lgan.
Trening davomida magistrlarga boshqaruvda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari, liderlik tamoyillari, ideal boshqaruv prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berildi. Eng yaxshi savol egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun. Nuriymon Abdulhasan 1994-yilda Toshkent Islom institutini (oliy ma’had), 1997-yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan. U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sana: | 10.10.2025 |
Ko'rganlar soni: | 56 |
Ulashish: |