Ilmiy salohiyatdan xalqaro e’tirofgacha: fakultet talabalari yangi bosqich sari

Ilmiy salohiyatdan xalqaro e’tirofgacha: fakultet talabalari yangi bosqich sari

    Ilmiy salohiyatdan xalqaro e’tirofgacha: fakultet talabalari yangi bosqich sari

    Ilmiy salohiyatdan xalqaro e’tirofgacha: fakultet talabalari yangi bosqich sari

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari 2026-yil boshidan buyon ta’lim, ijod, sport va jamoatchilik hayotida yuksak natijalarni qayd etmoqda. Jumladan, 2-bosqich talabasi Ergashev Doston Rustam o‘g‘li “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi, Muslimaxon Olimxonovaning adabiy-ijodiy ishlari Qozog‘istonda faoliyat yurituvchi “Dunie Talanttary Odagi” tomonidan e’tirof etilib rasmiy sertifikat bilan taqdirlandi, 3-bosqich talabalari Farxodov Suxrob va Nodirbek Axmatov esa xalqaro HSK (xitoy tilini xorijiy til sifatida egallaganlik darajasini belgilovchi nufuzli xalqaro baholash tizim) 4-daraja sertifikatini  qo‘lga kiritib, xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirish borasidagi salohiyatni namoyon etdilar.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ekologik aksiyada talabalar faol ishtirok etib, ijtimoiy mas’uliyat va tashabbuskorlik namunalarini ko‘rsatdilar, shuningdek, fakultetda “Fakultet kubogi” sport musobaqasiga start berilishi talabalarning jamoaviylik, yetakchilik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda — bularning barchasi fakultetda har tomonlama yetuk, raqobatbardosh va yuksak ma’naviyatli kadrlar tayyorlanayotganining amaliy ifodasidir.