
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 20-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashi doirasida “O‘zbekistonning yangi iqtisodiy siyosati: tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlari va jahon bozorlariga chiqish salohiyati” mavzusiga bag`ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ilmiy-amaliy seminarda JIDU rahbariyati va professor-o`qituvchilari, Akademik Kengashi a’zolari, Diplomatik Akademiya hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ekspertlari qatnashdilar.
Metodologik kengash yig‘ilishining asosiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdukadirov A. M. so‘zga chiqdi.
Ma’ruzada O‘zbekistonning zamonaviy yangi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga atroflicha e’tibor qaratidi, jumladan, bir tomondan samarali iqtisodiy rivojlanishning ichki manbalar bilan bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shartlari hamda investitsion faoliyatining himoya qilish kafolatlari, milliy fond bozorini va moliyaviy vositalar sifatini yaxshilash, davlat va korporativ qarzini boshqarish kabi masalalar bilan bog‘liqligi ta’kidlandi. Taqdimotda maʼruzachi iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqishda qadriyatlarga ko‘proq tayanishini/yoʻnaltirilganligini taʼkidladi. Ma’ruzada Xitoy, Fors koʻrfazi arab davlatlari va boshqa mamlakatlarning iqtisodiy munosabatlar va strategiyalarni samarali tashkil etish borasida mamlakat va mintaqa darajalardagi modellarga misollar keltirildi.
Seminarning yakuniy qismida Markaziy Osiyodagi ekologik migratsiya; Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishining barqarorligi koʻrsatkichlari va omillari; Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining oʻziga xosligi; mamlakatning ichki rivojlanish mantigʻi va uning ehtiyojlari zamirida islohotlarning samarasini baholash; Markaziy Osiyodagi mintaqalashuv jarayonlari to‘g‘risida tinglovchilar tegishli savollar va mulohazalar bilan maʼruzachiga murojaat etdilar.
| Sana: | 21.02.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 58 |
| Ulashish: |




