JIDU xalqaro ta’lim yetakchilari konferensiyasida: AIEA–2026 doirasida yangi hamkorlik bosqichi

JIDU xalqaro ta’lim yetakchilari konferensiyasida: AIEA–2026 doirasida yangi hamkorlik bosqichi

    JIDU xalqaro ta’lim yetakchilari konferensiyasida: AIEA–2026 doirasida yangi hamkorlik bosqichi

    JIDU xalqaro ta’lim yetakchilari konferensiyasida: AIEA–2026 doirasida yangi hamkorlik bosqichi

    Joriy yilning 16–19 fevral kunlari Vashington shahrida Xalqaro ta’lim ma’murlari uyushmasi (The Association of International Education Administrators -AIEA)ning yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov ishtirok etdi.

    “Leading the Way: Navigating Volatility and New Realities in International Education” (“Yetakchilik: Xalqaro ta’limda o‘zgaruvchan sharoitlar va yangi reallikni boshqarish”) mavzusida tashkil etilgan mazkur anjuman xalqaro ta’lim sohasidagi yetakchi platformalardan biri bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha ekspertlar hamda strategik boshqaruv yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar qatnashdi.

    Konferensiya doirasida xalqaro ta’limni rivojlantirish, globallashuv sharoitida oliy ta’lim boshqaruvi, strategik hamkorlik, barqaror rivojlanish maqsadlari hamda ta’lim integratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan 100 dan ortiq sessiya va davra suhbatlari tashkil etildi.

    Tadbir doirasida AQSHning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, University of Missouri, University of California, Davis, University of Illinois Chicago, George Washington University, University of Wisconsin–Madison, George Mason University, American International Recruitment Council, Texas A&M University, Johns Hopkins University vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

    Uchrashuvlar davomida akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, institutsional hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birgalikda, konferensiyada ishtirok doirasida Vashington shahrida joylashgan bir qator hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, Atlantic Council, Oxus Society for Central Asian Affairs hamda Near East South Asia Center for Strategic Studies (NESA center) vakillari, shuningdek, AQSH Davlat departamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.