UCELL bilan “How to Pass an Interview Successfully” mavzusidagi kasbiy rivojlanish sessiyasi

    2026-yil 24-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida UCELL bilan hamkorlikda “How to Pass an Interview Successfully” mavzusidagi kasbiy rivojlanish sessiyasi o‘tkazildi. Ushbu sessiya talabalar uchun intervyuga muvaffaqiyatli tayyorlanish va uni o‘tkazish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi, shuningdek, intervyu turlari, jarayon bosqichlari va muvaffaqiyatli intervyu uchun muhim maslahatlar berildi.

    Sessiyani UCELL kompaniyasining ichki kommunikatsiyalar menejeri Aleksandra Seit-Mamutova va xodimlarni qabul qilish va moslashtirish bo‘yicha mutaxassis Moxidil Sohibjonova olib bordilar. Ular nomzodlarni baholash jarayoni haqida qimmatli maslahatlar berib, intervyu davomida keng tarqalgan xatolarni tahlil qilishdi va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

    Sessiya davomida talabalar uchun amaliy intervyularni imitatsiyasi o‘tkazildi, bu esa ularga intervyu jarayonini yaxshiroq tushunish va o‘z mahoratini oshirish imkoniyatini berdi.

    Sessiya yakunida talabalar intervyuga qanday tayyorlanish, intervyu bosqichlariga qanday yondashish va boshqa nomzodlar orasida qanday ajralib turish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar olishdi.