
JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi
JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 22–24-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda OIV infeksiyasining oldini olish, uni erta aniqlash hamda talaba-yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar talaba-yoshlar va universitet xodimlariga OIV infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari va profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, infeksiyani erta aniqlash hamda o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning ahamiyati tushuntirildi.
Muloqot doirasida sog‘lom turmush tarziga rioya etish, shaxsiy salomatlikka mas’uliyat bilan yondashish va OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
| Sana: | 24.09.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 24 |
| Ulashish: |




