JIDU–Siena: istiqbolli hamkorlik sari yangi qadam

JIDU–Siena: istiqbolli hamkorlik sari yangi qadam

    JIDU–Siena: istiqbolli hamkorlik sari yangi qadam

    JIDU–Siena: istiqbolli hamkorlik sari yangi qadam

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Italiyaning nufuzli Xorijliklar uchun Siena universiteti (Università per Stranieri di Siena) oʻrtasida talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma asosida JIDU talabalari uchun Italiyaning ilgʻor taʼlim muassasasida 4–29-avgust kunlari amaliyot oʻtash va bilimlarini oshirish imkoniyati yaratildi.

    Mazkur dastur doirasida JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-kurs talabasi Nigmatullaev Parviz amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi. Amaliyot davomida talaba nafaqat italyan tili va madaniyati boʻyicha chuqur bilim oldi, balki Siena universitetida har yili oʻtkaziladigan ijodiy tadbirlarda ham faol qatnashdi. Jumladan, she’rlar tanlovida ishtirok etdi va o‘z ijodiy yondashuvi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, "menzione speciale" (maxsus e’tirof) unvoniga ega boʻldi.

    Ushbu almashinuv JIDU talabalarining akademik,  amaliy va ijodiy salohiyatlarini ham rivojlantirish imkonini beradi. Yangi bosqich universitetimizning xalqaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kengaytiradi hamda talabalarga xorijda oʻqish, amaliyot oʻtash va turli loyihalarda ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Xalqaro taʼlim makonida oʻz mavqeini mustahkamlash va yoshlar uchun istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish universitetning asosiy maqsadlaridan biridir.

    Yuqorida qayd etilgan o‘quv-uslubiy, madaniy va ilmiy hamkorlikni kengaytirish BRM-4, 11 hamda 17-qismlarida belgilangan vazifalarni qamrab oladi. Mazkur  vazifalar xalqaro hamkorlik doirasidagi ta’lim samaradorligini oshirish bilan birgalikda, umuminsoniy va madaniy qadriyatlarni ham mustahkamlashni nazarda tutadi.