
SDG UWED Week doirasida interaktiv seminar-trening bo‘lib o‘tdi
SDG UWED Week doirasida interaktiv seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida SDG UWED Week dasturi doirasida navbatdagi ma’rifiy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir Aziza Radjabova hamda Ergashbayev Sherzod va JIDU talabalari boshchiligida o‘tkazildi.
Seminarga nafaqat JIDU talabalari, balki bir qator boshqa oliy ta’lim muassasalari — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, TXVU, Tashkent International University, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa universitetlarning talabalari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir SDG — BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumot beruvchi prezentatsiya hamda mavzuga oid video lavha namoyishi bilan boshlanib, ishtirokchilarning bilimini mustahkamlashga qaratilgan turli interaktiv mashg‘ulotlar bilan davom etdi.
Seminar davomida:
SDG bo‘yicha turli viktorinalar (quizlar);
SDG City nomli jamoaviy o‘yin;
Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan boshqa interaktiv o‘yinlar va muhokamalar tashkil qilindi.
Ushbu faol mashg‘ulotlar orqali talabalar ekologik ong, ijtimoiy mas’uliyat, iqtisodiy barqarorlik va global hamkorlik bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamladilar.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ta’limiy va motivatsion ruhda o‘tgan ushbu SDG UWED Week tadbiri yoshlarning barqaror rivojlanish tamoyillariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.




