JIDU rektori YEXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

JIDU rektori YEXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori YEXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori YEXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat institutlarini mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik siyosatini izchil rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoda barqaror va o‘zaro ishonchga asoslangan muhitni shakllantirish borasidagi saʼy-harakatlar alohida taʼkidlandi.

    O‘zbekiston va YEXHT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi kundagi holati va uning amaliy yo‘nalishlari yuqori baholandi. YEXHT tomonidan mamlakatimizdagi demokratik yangilanishlar va ochiq mintaqaviy siyosat qo‘llab-quvvatlanayotgani qayd etildi.

    Suhbat chog‘ida tomonlar parlament tuzilmalari, ekspert platformalari, talim va qo‘shma tadbirlar orqali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.