
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Men donorman!” aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Men donorman!” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ–348-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman!” aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya universitetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasida beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ayniqsa talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Aksiya davomida ishtirokchilarga donorlikning jamiyat hayotidagi o‘rni, inson salomatligini saqlash va og‘ir ahvoldagi bemorlarning hayotini asrab qolishdagi beqiyos ahamiyati haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir doirasida ko‘ngilli ravishda qon topshirish jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Maxsus tibbiy brigada tomonidan barcha sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda qon qabul qilindi. Donor bo‘lish istagini bildirgan ishtirokchilar dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularning salomatlik holati mutaxassislar tomonidan tekshirildi va zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aksiyada donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan qon topshirishning foydali jihatlari, uning sog‘liq uchun xavfsizligi hamda doimiy donorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur aksiya universitet jamoasi tomonidan katta qiziqish bilan qo‘llab-quvvatlandi hamda yoshlar orasida insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy faollik fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
| Sana: | 11.02.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 85 |
| Ulashish: |




