Qalblarda mangu yashar— ma’rifat elchilari Jadidlar

Qalblarda mangu yashar— ma’rifat elchilari Jadidlar

    Qalblarda mangu yashar— ma’rifat elchilari Jadidlar

    Qalblarda mangu yashar— ma’rifat elchilari Jadidlar

    Ma’rifat, taraqqiyot va millat ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan jadid ziyolilari – bizning tariximiz, g‘ururimiz va ilhom manbaimizdir. Ular qoldirgan boy ma’naviy meros, ayniqsa bugungi yoshlar tarbiyasida bebaho ahamiyatga ega.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Qalblarda mangu yashar — ma’rifat elchilari Jadidlar” shiori ostida teatr kechasi tashkil etildi.

    Tadbir doirasida buyuk jadid arbobi Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

    JIDU “Diplomat” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnaga qo‘yilgan mazkur spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Unda jadidlarning ma'rifiy kurashi, adolat va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona harakatlari hayotiy sahnalar orqali yuksak badiiy ifodasini topdi.

    Ushbu kecha nafaqat san’at, balki tarix va ma’naviyatni uyg‘unlashtirgan samimiy yod etuv marosimi sifatida barcha ishtirokchilar qalbida unutilmas iz qoldirdi.