
JIDUda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
JIDUda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 9 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan “ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirga mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mirzo Ulug'bek tuman hokimyati va Toshkent shahar “Ayol ma’rifati” targ‘ibot guruhi rahbari kabi olima ayollar tashrif buyurishdi. Ularning orasida ilmiy va harbiy sohalarda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida mehmonlar ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlar, ayollarning jamiyat va ilm-fandagi o‘rni hamda ularni rag‘batlantirishning dolzarb masalalari haqida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shu bilan birga, talabalar bilan muloqot qilinib, ularni ilmiy izlanishlarga jalb qilish va kelajakdagi ilmiy karyeralarini shakllantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.
JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi tadbirda so‘z olib, ayollarning ilm-fan, diplomatiya va davlat boshqaruvidagi hissasi ortib borayotganini ta’kidlab, bunday davra suhbatlarining yoshlar uchun ilhom manbai ekanini qayd etdi.
Tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘z savol va fikrlarini bildirishi orqali ilm-fan sohasida ayollarning yutuqlari va istiqbollari bo‘yicha jonli muloqot tashkil etildi.
“ILMLI AYOL – JAMIYAT KO‘ZGUSI” mavzusidagi davra suhbati universitet va ijtimoiy hayotdagi gender tengligi, ayollar salohiyatini rivojlantirish hamda yosh avlodni ilmiy izlanishlarga jalb etish bo‘yicha muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbir rasmiy tarzda yakunlanib, barcha ishtirokchilar uchun ilmiy va motivatsion maqsadga xizmat qiladigan tajriba almashinuvi bo‘ldi.



