Singapur Milliy Universiteti seminarida JIDU vakilining ilmiy taqdimoti

Singapur Milliy Universiteti seminarida JIDU vakilining ilmiy taqdimoti

    Singapur Milliy Universiteti seminarida JIDU vakilining ilmiy taqdimoti

    Singapur Milliy Universiteti seminarida JIDU vakilining ilmiy taqdimoti

    2026-yil 30-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi Surayyo Usmanova Singapur Milliy Universiteti Xalqaro huquq markazining “Osiyoda Xalqaro huquqni o‘qitish va tadqiqot olib borish” (”Teaching and Researching International Law in Asia (TRILA)) dasturi tomonidan onlayn formatda o‘tkazilgan ilmiy seminarda ma’ruza bilan ishtirok etdi.

    S. Usmanova “Xalqaro huquqiy ta’limida Turk dunyosi yondashuvi” mavzusidagi tadqiqot ishini taqdim etdi. Uning ma’ruzasi xalqaro huquqiy ta’limni rivojlantirish, mintaqaviy huquqiy an’analar hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarga oid muhim ilmiy qarashlarni qamrab oldi.

    Mazkur seminar Osiyo va boshqa mintaqalardan kelgan yosh tadqiqotchilarni birlashtirib, ularning ilmiy tadqiqotlarini taqdim etish, yetakchi olimlardan konstruktiv fikr-mulohazalar olish, shuningdek xalqaro nufuzli nashrlarda ilmiy maqola yozish va nashr jarayoni bo‘yicha amaliy tavsiyalar olish imkonini berdi. Seminar tadqiqotchilar uchun ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va professional tarmoqlarni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

    Ma’lumot uchun. Singapur Milliy Universiteti (National University of Singapore) (NUS) – Osiyo va dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, QS World University Rankings- 2026 bo‘yicha 8-o‘rinda hisoblanadi.