
JIDUda Kuzatuv kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
JIDUda Kuzatuv kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 9-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Kuzatuv kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
JIDU Kuzatuv kengashi yig‘ilishida universitet faoliyatini yanada samarali tashkil etish va ilmiy yo‘nalishni rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. Xususan, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, tadqiqot madaniyatini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi 2026-yilga mo‘ljallangan ilmiy faoliyat rejalari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ma’qullandi. Bu esa ularning ish motivatsiyasini oshirish va kadrlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, universitet va uning tarkibiy bo‘linmalarining moliyaviy rejasi hamda tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgarishlar ham tasdiqlandi.




