“Thought Space” loyihasi doirasida JIDU talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Thought Space” loyihasi doirasida JIDU talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    “Thought Space” loyihasi doirasida JIDU talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    “Thought Space” loyihasi doirasida JIDU talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Thought Space” loyihasi doirasida JIDU katta o‘qituvchisi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Islomxon G‘aforov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida talabalar va ma’ruzachi o‘rtasida bir qator dolzarb masalalar yuzasidan samarali fikr almashildi.

    Seminarning birinchi qismida I.G‘aforov ilmiy maqola va tezislar yozishning ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Taqdimot doirasida ilmiy nashr tuzilishining batafsil tahlili taqdim etildi. O‘qituvchi maqolaning har bir tarkibiy qismi bo‘yicha mukammal izohlar berib, ularning ahamiyati va mazmunni shakllantirish tamoyillarini tushuntirib berdi. Talabalar sarlavhani to‘g‘ri ifodalash, shuningdek, tadqiqotning annotatsiyasi, kirish va asosiy qismini tayyorlash bo‘yicha savollariga javob oldilar.

    Uchrashuvning ikkinchi qismida ma’ruzachi tinglovchilarni ekspert-tahlil markazlarida tahliliy materiallarni tayyorlash uslubi bilan tanishtirdi. Aniq misollar asosida ko‘rgazmali tushuntirish tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim bo‘lgan amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga ko‘maklashdi.

    Seminar-treningning yakuniy qismida Islomxon G‘aforov talabalarga o‘zining bir qator mualliflik nashrlarini taqdim etib, ularni fanlarni chuqur o‘rganish va ilmiy ishlar olib borishga rag‘batlantirdi. Rasmiy dastur yakunida interaktiv mashg‘ulot o‘tkazilib, g‘oliblarga muallifning shaxsiy imzosi qo‘yilgan kitoblar sovg‘a qilindi.