JIDU akademik litseyida zamonaviy texnologiyalar yordamida chet tillarini o‘qitishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

     2025-yil 19-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Sun’iy intellekt va raqamli inqilob davridagi til o‘qitish taraqqiyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining malakali o‘qituvchilari, mutaxassislar hamda sohaga oid yetuk ekspertlar  ishtirok etdilar. Seminar ishida respublikamizning turli viloyatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari vakillari ham on-line  shaklda qatnashdilar.

    Seminarning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli vositalarning til o‘qitish jarayoniga ta’siri, ulardan samarali foydalanish usullari, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

    Tadbir doirasida interaktiv taqdimotlar, fikr almashuvlar va ochiq muhokamalar tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar yordamida chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam til ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar namoyish etildi.

    Seminar yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha va tashabbuslar muhokama qilindi.