JIDUda TIV Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi birinchi maslahatchisi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

    2025-yilning 16-dekabr  kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun TIV Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi birinchi maslahatchisi Yadgarov Shoxruh  Shavkatovich tomonidan “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida  “Konsullik  amaliyotining o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi.

    Ushbu dars O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayoniga katta amaliy tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida tashkil qilindi.

    Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan Konsullik-huquqiy departamenti tizimining  faoliyati keng tushuntirib berildi. Shuningdek, Konsullik huquqining amaliyot bilan bog‘liq asosiy jihatlari keng muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalarida faoliyat yurituvchi vakillarining asosiy vazifalari haqida tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi fuqarolari duch keladigan muammolarini hal qilishda konsullarning roli haqida tushuntirishlar berildi.

      Mazkur turdagi dars mashg’ulotlari talabalarning amaliyot bilan bog’liq bilimlarini boyishida xizmat qiladi.