
Talabalar turar joyi majmuasida psixologik seminar-trening tashkil etildi
Talabalar turar joyi majmuasida psixologik seminar-trening tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti psixologi N. Norova hamda Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi F. Ernazarova hamkorligida Talabalar turar joyi majmuasida istiqomat qiluvchi talabalar uchun psixologik seminar-trening va davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir talabalarning ruhiy-emotsional holatini barqarorlashtirish, ijobiy kayfiyatni shakllantirish, o‘zaro muloqot va munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek stress holatlarining oldini olishga qaratildi. Seminar-trening talabalar o‘rtasida sog‘lom psixologik muhitni yaratish va ularning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Seminar-trening jarayonida talabalar o‘rtasida ijobiy muloqot muhitini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashqlar o‘tkazildi. Jumladan, ishtirokchilar bir-birlariga iliq so‘zlar, ezgu tilaklar va qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar bildirgan holda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga erishdilar. Ushbu mashg‘ulotlar talabalar orasida ijobiy his-tuyg‘ularni kuchaytirish, ruhiy yengillikni ta’minlash hamda o‘zaro ishonchni oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida dam olish va ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, salbiy emotsional holatlarning oldini olish, stressni boshqarish, shuningdek psixologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan batafsil va amaliy javoblar oldilar.
Mazkur seminar-trening Talabalar turar joyi majmuasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy moslashuvini kuchaytirishga qaratilgan samarali tashabbuslardan biri bo‘ldi.




