JIDUda sun’iy intellektning xalqaro diplomatiyadagi o‘rni muhokama qilindi

JIDUda sun’iy intellektning xalqaro diplomatiyadagi o‘rni muhokama qilindi

    JIDUda sun’iy intellektning xalqaro diplomatiyadagi o‘rni muhokama qilindi

    JIDUda sun’iy intellektning xalqaro diplomatiyadagi o‘rni muhokama qilindi

    Joriy yilning 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro diplomatiyada sun’iy intellekt: tendensiyalar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

    Anjuman Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) bilan hamkorlikda tashkil etildi va sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar, davlat idoralari vakillari, diplomatlar hamda olimlarni bir joyga to‘pladi.

    Tadbirda JIDU rahbariyati, videokonferensaloqa orqali AICA raisi Vladimir Norov, shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari va doktorantlari ishtirok etdilar.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi sun’iy intellektni xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat strategiyasi va diplomatik amaliyot sohasiga joriy etishning imkoniyatlari va xavflarini muhokama qilishdan iborat edi.

    Diplomatiyada zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbir doirasida texnologiyalar va tashqi siyosatning o‘zaro ta’sirining asosiy jihatlarini qamrab olgan uchta mavzuli sessiya o‘tkazildi.

    Muhokamalar davomida bugungi kunda samaradorlikni oshirish uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, ayniqsa, o‘zbek tilida innovatsion yechimlarni yaratish va ularni turli kasbiy sohalarga joriy etish nuqtai nazaridan har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

    Tadbir yakunida sun’iy intellekt ishining amaliy misollari namoyish etildi, ishtirokchilar xalqaro tajriba almashdilar, shuningdek, davlat organlari va texnologik hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, JIDU va Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Xalqaro konferensiya O‘zbekistonning diplomatik amaliyotiga innovatsion yechimlarni joriy etish va global raqamli kun tartibidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.