
JIDUda o‘quv-intellektual viktorina tashkil etildi
JIDUda o‘quv-intellektual viktorina tashkil etildi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) yotoqxonasida talabalar faol ishtirokida o‘quv-intellektual viktorina tashkil etildi. Viktorina mantiqiy fikrlashni, shuningdek tarix, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohalaridagi bilimlarni, jumladan tegishli ilmiy va o‘quv adabiyotlarni qamrab oldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yuqori darajadagi bilim va tahliliy qobiliyatlarini namoyon etib, savollarga faol javob berdilar hamda muhokamalarda qatnashdilar. Viktorina talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va xalqaro munosabatlar hamda diplomatiya masalalariga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.




