Arab dunyosi mamlakatlariga sayohat

Arab dunyosi mamlakatlariga sayohat

    Arab dunyosi mamlakatlariga sayohat

    Arab dunyosi mamlakatlariga sayohat

    Har yili 18-dekabr kuni Xalqaro arab tili kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan, Sharq tillari kafedrasida arab tilini o‘rganayotgan talabalar “Arab dunyosi mamlakatlariga sayohat” nomli viktorinada ishtirok etdilar.

    Bunday tadbirlarni o‘tkazish arab davlatlari, ularning madaniyati, tarixi, geografiyasi va an’analari haqidagi bilimlarni tekshirishning qiziqarli usuli hisoblanadi. Unda ishtirokchilar Arab davlatlari ligasi, arab tili va mashhur joylar haqidagi savollarga javob beradilar.

    Tadbir arab tili o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi, ishtirokchilar esa arab tilini o‘rganayotgan talabalar edi.

    Tadbir davomida talabalar arab mamlakatlari, arab tilining global ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, ular axborot-ma’rifiy videoroliklar orqali har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, mashhur va tarixiy joylari haqida foydali va qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar Kahoot onlayn platformasidagi o‘yinlar paytida lingvomamlakatshunoslikka oid viktorina savollariga faol javob berish orqali arab tili bo‘yicha bilimlarini va arab dunyosiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Tadbir qiziqarli, mazmunli va do‘stona muhitda o‘tdi.