
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Muhammadievich Achilov, shuningdek, Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamenti vakillari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida Markaziy bankning o‘rta muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida tadqiqotlar salohiyatini mustahkamlash masalalari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, talabalar uchun Markaziy bankda amaliyot o'tash imkoniyatlari, iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish hamda professor-o‘qituvchilar, magistratura va doktorantura talabalari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar hamda uni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.




