JIDUda Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 11-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-kurs talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Renessans Ta’lim universiteti professori l.b.siyosiy fanlar doktori, (DcS) Sh.I.Shozamanov ishtirok etdi.

    Mahorat darsida xalqaro munosabatlarning dolzarb mavzulari, shuningdek, zamonaviy sharoitlarda diplomatik amaliyotning muhim jihatlari muhokama qilindi. Talabalar kelajakdagi kasblari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlarni so‘rab, muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirdi.

    Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazildi, bu esa ishtirokchilarga muhokamalarda faol qatnashish va o‘z fikrlarini erkin bildirish imkonini berdi. Sh.I. Shozamanov xalqaro muhitda ishlash bo‘yicha shaxsiy tajribasini baham ko‘rdi, shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasidagi karyera istiqbollari haqida ma’lumot berdi.