JIDU talabalari BRM, “Oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbirini o‘tkazdilar

    “Barqaror rivojlanish maqsadlariga kirishfani doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” yo’nalishi 2-bosqich talabalari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kundalik oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bir guruh insonlarga yordam berish maqsadida xayriya tadbirini tashkil etdilar.

    Mazkur loyiha Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti A.M. Radjabovaning faol yordami va ilhomlantiruvchi rahbarligi ostida amalga oshirildi. Talabalar bu kabi xayriya tadbirlarida kongillilar qatorida foydali ishga jalb qilinganliklaridan ozlarida ulkan qoniqish his qildilar.

    Talabalar jamoasi M.Ulugbek tumaniga yondosh hududlarda, ijtimoiy yordamga muhtoj, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bir guruh fuqarolarga  oziq-ovqat yetkazishda amaliy yordam korsatdilar.

    Ushbu tadbir UWED yoshlari ijtimoiy mas’uliyatining yorqin namunasi bo‘ldi. Talabalar loyihadagi ishtirok ularni birdamlik va insoniylik ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam berganligini ta’kidladilar. Ular, hatto kichik harakatlar ham yordam qilish istagi bilan amalga oshirilsa, katta ahamiyatga ega bo‘lishini chuqur anglab yettilar.

    Jamoa shunday tashabbuslarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirib, g‘amxo‘r jamiyatni yaratishda o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda.