
JIDU talabalari uchun ACTED Uzbekistan loyihalar menejeri tomonidan mahorat darsi tashkil etildi
JIDU talabalari uchun ACTED Uzbekistan loyihalar menejeri tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

2025-yil 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Atrof-muhit siyosati” fani doirasida “Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish” mavzusida ochiq mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir ACTED Uzbekistan loyihalar menejeri Aynura Djunushaliyeva tomonidan oʻtkazildi.
Tadbir talabalarning suv resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishga oid zamonaviy yondashuvlar, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy havzalarda suv hajmini hisobga olish uchun zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash haqidagi bilimlarini oshirishga qaratildi.
A. Djunushaliyeva suv tizimlarini boshqarish boʻyicha xalqaro tajriba bilan bo‘lishdi, mintaqadagi mavjud ekologik muammolar haqida soʻzlab berdi va suv diplomatiyasi sohasida davlatlararo hamkorlikning muhimligini taʼkidladi.
Oʻzining professional tajribasiga tayanib, A. Djunushaliyeva transchegaraviy suv muammolarini hal qilishda xalqaro kelishuvlarning roli va ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati haqida so‘zladi. Uchrashuv yakunida talabalar ekspertga oʻz savollarini berish va professional javoblar olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Bunday tadbirlar universitetning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlashga va kelajakdagi xalqaro munosabatlar mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.
| Sana: | 23.10.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 49 |
| Ulashish: |




