
“Bo‘lajak diplomat qizlarning qiyofasi qanday bo‘lishi kerak” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
“Bo‘lajak diplomat qizlarning qiyofasi qanday bo‘lishi kerak” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Yoshlar ishlari ofisi va psixolog hamkorligida “Bo‘lajak diplomat qizlarning qiyofasi qanday bo‘lishi kerak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda professor E.Sultanova va psixolog talaba qizlarni yangi o‘quv yili hamda Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabrikladilar. Suhbat davomida bo‘lajak diplomat ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning madaniy va siyosiy saviyasi, shuningdek, zamonaviy xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni haqida fikrlar bildirildi.
Ishtirokchilarga universitetdagi ichki qoidalarga rioya etish, odob-axloq kodeksiga amal qilish, kiyinish madaniyatini saqlash, ustozlar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, jamoatchilikda faol ishtirok etish hamda doimo o‘z ustida ishlashning naqadar muhim ekani hayotiy va siyosiy misollar asosida atroflicha tushuntirildi.
Tadbir jarayonida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, davra suhbati esa ochiq va samimiy ruhda o‘tib, barchada ijobiy taassurot qoldirdi.