JIDU vakili Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mahorat darsi o‘tkazdi

JIDU vakili Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mahorat darsi o‘tkazdi

    JIDU vakili Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mahorat darsi o‘tkazdi

    JIDU vakili Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mahorat darsi o‘tkazdi

    Joriy yilning mart oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Bobonazarov Alisher Bolmuhammad o‘gli Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun tashkil etilgan “Legal English for Professionals” kursining o‘qituvchilaridan biri sifatida ishtirok etdi. Ushbu kurs professional huquqshunoslarning ingliz tilidagi, tadqiqot, tahlil etish va huquqiy kommunikatsiyaga oid qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, kafedra o‘qituvchisi “Legal communication and importance of mooting in legal education” masalalariga oid darslarni tashkil etdi.

    Kurs huquqning deyarli barcha eng muhim sohalarini qamrab olib, tegishli huquq sohalarida mavjud bo‘lgan yuridik atamalar, ularning qo’llanilishi, huquq sohalari asosiy tushunchalari, shuningdek, tegishli shartnoma va hujjatlarni to‘g‘ri yuridik rasmiylashtirishdan tortib sudda taraflar manfaatini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni ham qamrab oladi. Shu sababli, ushbu kurs barcha sohada faoliyat yuritayotgan amaliyotchi huquqshunoslarga o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Mazkur mahorat darsining o‘tkazilishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 16-maqsad - “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”, xususan 16.3-band (qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlovga teng kirishni kafolatlash), shuningdek 17-maqsad - “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik”, ayniqsa 17.6-band (fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ularga kirishni kengaytirish)ni amalga oshirishga xizmat qiladi.