Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG MUN” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG MUN” tadbiri bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG MUN” tadbiri bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SDG MUN” tadbiri bo‘lib o‘tdi

    28-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga bag‘ishlangan SDG MUN” (Sustainable Development Goals Model United Nations) tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirning kun tartibi BRM 13 — “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish: Muammolar va istiqbolli yechimlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

    “SDG MUN” — Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeliga asoslangan simulyatsion format bo‘lib, JIDUda ushbu ko‘rinishdagi tadbir ilk marotaba tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.

    Tadbir nafaqat talabalar o‘rtasidagi liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, balki ular orasida hamkorlik, jamoaviy muhit va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Dastlabki daqiqalardanoq zalda qizg‘in munozaralar, asosli fikrlar, turli yondashuvlarning to‘qnashuvi va yangicha yechimlar hukm surdi. Har bir ishtirokchi o‘zini nafaqat talaba, balki tanqidiy fikrlay oladigan, tashabbuskor va faol yosh diplomat sifatida namoyon qildi.

    Tadbir yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

    • “Eng yaxshi delegat”,
    • “Eng yaxshi bayonot”,
    • “Eng yaxshi spiker”.

    G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.