JIDUda “Konstitutsiya oyligi” doirasida tizimli ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti kurs koordinatorlari tomonidan “Konstitutsiya oyligi” doirasida talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

    Mazkur tadbirlar jarayonida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, ularning huquqiy kafolatlari, shuningdek, Konstitutsiyaning davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimidagi oliy yuridik kuchga ega asosiy huquqiy manba sifatidagi o‘rni va ahamiyati batafsil yoritib berildi. Kurs koordinatorlari tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari va ma’rifiy suhbatlar talabalarning Konstitutsiya normalarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘zlashtirishlariga xizmat qildi.

    Tadbirlar davomida Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning asosiy tamoyillari, davlat tuzilishi va boshqaruv tizimidagi roli, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangi huquqiy kafolatlar keng yoritildi.

    Ushbu targ‘ibot ishlari yoshlarning huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, fuqarolik mas’uliyatini oshirish, konstitutsiyaviy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda kelajakda malakali va huquqiy ongli mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.