
“Talabalarni yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish va axborot xurujlaridan himoya qilish” seminar-trening tashkil etildi
“Talabalarni yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish va axborot xurujlaridan himoya qilish” seminar-trening tashkil etildi

Talaba-yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali va tizimli mexanizmlarini joriy etish, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutuvchi kurs koordinatorlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Talabalarni yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish va axborot xurujlaridan himoya qilish” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Iroda Axmedova hamda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi dotsenti Bekto‘sh Berdiev ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida talaba-yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, turli yot va buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish, axborot makonida yuzaga kelayotgan xurujlarga nisbatan tanqidiy va ongli yondashuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar bildirildi.
| Sana: | 08.01.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 69 |
| Ulashish: |



