JIDU Talabalar turar joyida “Raqamli xavfsizlik va kiberhuquq: huquqiy tartibga solish va axloqiy mezonlar” mavzusida interaktiv ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 28-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchunXalqaro huquq va ommaviy huquq fanlarikafedrasi oqituvchisi A.Xallakova tomonidanRaqamli xavfsizlik va kiberhuquq: huquqiy tartibga solish va axloqiy mezonlarmavzusida interaktiv maruza tashkil etildi.

    Ma’ruza zamonaviy axborot texnologiyalari davrida talabalar duch kelishi mumkin bo‘lgan raqamli tahdidlar, kiberjinoyatlarning oldini olish usullari, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, kiberfazodagi huquqiy tartibga solishning O‘zbekistondagi va xalqaro amaliyotdagi o‘rni kabi muhim masalalarni qamrab oldi. Shuningdek, A.Xallakova tomonidan ushbu sohani huquqiy tartibga solish boyicha milliy va xalqaro normalar manba va huquqiy asos sifatida keltirilib, batafsil tushuntirib berildi.

    Interaktiv formatda o‘tgan ma’ruza davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar turar joyida kurs koordinatori A. Nasimjonovning faol ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlarning nafaqat huquqiy bilimlarini boyitdi, balki ularni mas’uliyatli va xavfsiz raqamli fuqaro bo‘lishga undadi.