JIDUda yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasiga bag‘ishlangan keng qamrovli seminar tashkil etildi

    Joriy yilning 13-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetda yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish maqsadida profilaktik seminar tashkil etildi.

    Mazkur seminarda — tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali shifokor Nurullayeva Nargiza Muxtarxanovna “Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishida xavfli omillar roli va tushunchasi. Profilaktika tamoyillari” mavzusida ishtirok etib atroflicha ma’ruza qildi.

    Ma’ruza davomida yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari — noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakat turmush tarzi, stress holatlari, zararli odatlar hamda arterial bosim va qandli diabetning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

    Shuningdek, kasalliklarning oldini olishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish va erta profilaktikaning muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar olishdi.

    Mazkur tadbir ta’lim tashkilotida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, yurak-qon tomir kasalliklarining erta oldini olish va sog‘lom jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.