
JIDUda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Toza likopcha” aksiyasi doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
JIDUda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Toza likopcha” aksiyasi doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi” doirasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, Sog‘lom turmush tarzi boshqarmasi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida “Toza likopcha” aksiyasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, jumladan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusupjanov, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Madina Abdullayeva, professor-o‘qituvchilarlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga, xususan, to‘g‘ri ovqatlanish, salomatlikni asrash, tozalikka e’tiborli bo‘lish, atrof-muhitni toza saqlash, shuningdek, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan “Toza likopcha” tashabbusining maqsadi, vazifalari va jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda oziq-ovqatni isrof qilmaslik, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va yoshlar orasida mas’uliyatni oshirish masalalari batafsil yoritildi. Ma’ruzachilar JSST tavsiyalari, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, qadrlash, oilada va ta’lim muasassalarida isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir universitetda “Toza likopcha” tashabbusining boshlanishi sifatida yoshlar o‘rtasida sog‘lom va mas’uliyatli ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi ahamiyatlidir.




