JIDUda Pensilvaniya universitetidan mutaxassislar bilan xalqaro tijorat huquqi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Pensilvaniya universitetidan mutaxassislar bilan xalqaro tijorat huquqi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Pensilvaniya universitetidan mutaxassislar bilan xalqaro tijorat huquqi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Pensilvaniya universitetidan mutaxassislar bilan xalqaro tijorat huquqi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 19-noyabr kuni bitiruvchi kurs talabalari uchun mo‘ljallangan Xalqaro tijorat huquqi fani doirasida “Applicability of United Nations Convention on International Sales for Goods and limitations” mavzusida jahonning Quacquarelli Symonds (QS) reytingida 82-o‘rinda turuvchi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pennsylvania shtati universitetining bitiruvchisi, mustaqil qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha tadqiqotchi va Yosh huquqshunoslar ommaviy assotsatsiyasi mutaxassisi - Elbek Khasanov va “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Alisher Bobonazarov bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

    Mahorat darsi 4-kurs talabalarining “Xalqaro tijorat huquqi” fani doirasidagi bilimlarini mustahkamlashga, shuningdek chegaralararo biznes faoliyati davomida “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi to’g’risidagi” Vena konvensiyasining ahamiyati, uning amal qilish shartlari, shuningdek, ushbu konvensiyaning amal qilish doirasi va istisnolari haqidagi huquqiy masalalarni muhokama etishga bag‘ishlandi.

    Mutaxassislar tomonidan ushbu sohadagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan, konvensiyaning amal qilishi to‘g‘risidagi olimlarning tadqiqotlarlaridagi tafovut va o‘xshashliklar tahlil qilindi va talabalarning bu boradagi shaxsiy fikrlari eshitildi.

    Ushbu mahorat darsi Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish”, xususan, 16.3 band – “Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash” va 16.7 band – “Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish”, bundan tashqari chegaralararo tadbirkorlik faoliyatida “Barqaror rivojlanish uchun kamsitishlarsiz qonunlar va siyosatlarni ilgari surish va ularga rioya etilishini taʼminlash”   tamoyillarini o‘zida aks ettiradi.

    Ushbu mahorat darsi nafaqat talabalarning huquq sohasidagi maxsus bilimlarini mustahkamlashga, balki hozirgi globallashuv jarayonida chegeralararo tijorat ko‘lamini kengaytirish istiqbollarini huquqiy jihatdan tahlil etishga imkon berdi.