JIDUda Global Shapers Policy & Economic Simulation 2026 bo‘lib o‘tdi

JIDUda Global Shapers Policy & Economic Simulation 2026 bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Global Shapers Policy & Economic Simulation 2026 bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Global Shapers Policy & Economic Simulation 2026 bo‘lib o‘tdi

    25–26 aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Jahon iqtisodiy forumining global tashabbusi doirasida Global Shapers Tashkent hamjamiyati tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan Global Shapers Policy & Economic Simulation 2026 muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.

    Dastur universitetda yuqori saviyada boshlandi. Ochilish marosimida universitetning Raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektori Muzaffar Djalalov hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, ishtirokchilarga kirish so‘zi bilan murojaat qildilar.

    Shuningdek, Global Shapers Tashkent hamjamiyati kuratori Zunnura Mansurova hamda Global Shapers Community – World Economic Forum’ning Markaziy Osiyo va Armaniston bo‘yicha Community Champion’i Ramzi Abdunemreh tomonidan ham muhim fikrlar bildirildi.

    Ikki kun davomida ishtirokchilar biznes, ekologiya, qonunchilik va ta’lim yo‘nalishlaridagi panel muhokamalari, davra suhbatlari hamda interaktiv workshoplarda qatnashib, Intellekt davrining dolzarb muammolari va imkoniyatlarini muhokama qildilar.