JIDUda giyohvandlik, psixotrop moddalar va diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

JIDUda giyohvandlik, psixotrop moddalar va diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

    JIDUda giyohvandlik, psixotrop moddalar va diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

    JIDUda giyohvandlik, psixotrop moddalar va diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Giyohvandlikka – Yo‘q deymiz!” shiori ostida ma’rifiy-profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

    Mazkur tadbir giyohvandlik moddalari va psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni iste’mol qilish oqibatlari, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning zararli ta’siridan himoyalanish masalalariga bag‘ishlandi. Uchrashuvning bosh maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni yuksaltirish, turli zararli illatlardan himoyalanishning amaliy mexanizmlarini tushuntirish hamda ularni sog‘lom hayot sari yo‘naltirishdan iboratdir.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida o‘tkazildi.

    Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boshlig‘i mayor Qayumov Abduhamid, shuningdek Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi Pardayev Raxmiddin Nurullayevich ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zining amaliy tajribasi, kuzatuvlari va huquqiy asoslar bilan boyitilgan ma’lumotlarini talabalar bilan bo‘lishdi.

    Mutaxassislar o‘z ma’ruzalari davomida giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalarning inson organizmiga yetkazadigan jiddiy jismoniy va ruhiy zararlarini real misollar asosida tushuntirib, bu boradagi jinoyatlarning yuridik oqibatlari haqida ham batafsil ma’lumot berdi. Ular diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning xavfli omillari, yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan usullar hamda bunga qarshi kurashishda ma’naviy immunitetni mustahkamlashning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, qonunlarga hurmat bilan qarash va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish jamiyat barqarorligi hamda yoshlarning komil shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

    Tadbir o‘quvchilarda hushyorlik, tanqidiy fikrlash, huquqiy savodxonlik va zararli oqimlar ta’siridan himoyalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.