Kasb tanlashda maqsad va e’tiqod: yoshlar uchun motivatsion muloqot

Kasb tanlashda maqsad va e’tiqod: yoshlar uchun motivatsion muloqot

    Kasb tanlashda maqsad va e’tiqod: yoshlar uchun motivatsion muloqot

    Kasb tanlashda maqsad va e’tiqod: yoshlar uchun motivatsion muloqot

    Joriy yilning 8-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Kasb — yo‘lmi yoki maqsad? Inson, falsafa va e’tiqodning uchburchagi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda xalqaro iqtisodchi, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi koordinatori, yoshlar siyosati bo‘yicha ekspert B.G‘aniyev ishtirok etdi. Ushbu tashabbus talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan muhim tadbirlar qatoriga kirdi.

    Uchrashuvda zamonaviy yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan masalalar – kasb tanlash, hayotiy maqsadlar, ichki e’tiqod va insonning o‘z yo‘lini topishi kabi mavzular muhokama qilindi.

    Asosiy yo‘nalishlar:

    Kasb tanlashda shaxsiy qiziqishning ahamiyati;

    Maqsadli yashash va hayot yo‘lini topish qoidalari;

    Ichki ishonch va ongli qarorlar – muvaffaqiyatning asosiy kaliti;

    Inson, falsafa va zamonaviy jamiyat uyg‘unligi.

    Tadbir ochiq muloqot, savol-javoblar, real hayotiy misollar va ekspertning shaxsiy tajribalari bilan boyitildi. Bunda talabalar uchun hayotiy pozitsiyani aniqlash, ishonchni mustahkamlash va kelajakdagi kasbini belgilashda qo‘llanma bo‘ladigan qimmatli maslahatlar berildi.

    Ta’kidlash joizki, B.G‘aniyev nafaqat xalqaro moliya sohasidagi tajribali mutaxassis, balki yoshlarga ma’naviy-intellektual yordam ko‘rsatish borasida faol ekspert sifatida tanilgan. U Osiyo taraqqiyot bankidagi faoliyati bilan bir qatorda O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va xalqaro hamkorlik loyihalarida ham faol ishtirok etmoqda.