JIDUda Delta State University olimining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Delta State University olimining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Delta State University olimining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Delta State University olimining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasida xorijiy olim — Delta shtati Uuniversitetining  Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha direktori hamda Matematika kafedrasi o‘qituvchisi Dr. Friday Zinzendoff Okwonu (Director of Information & Communication Technology and Lecturer at the Department of Mathematics, Delta State University, Abraka) ning ilmiy ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Ma’ruza «Yuqori o‘lchamli va nomutanosib tanlovli ma’lumotlar muammolarini hal etishga mo‘ljallangan sonli statistik klassifikatsiya modellari (Computational Statistical Classifier Models for Solving High-Dimensional and Imbalanced Sample Size Problems» mavzusiga bag‘ishlanib, statistik modellashtirish, mashinaviy o‘rganish va yuqori o‘lchamli klassifikatsiya bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar taqdim etildi. Ma’ruzada zamonaviy va klassik klassifikatsiya usullari, yuqori o‘lchamli va nomutanosib tanlovli ma’lumotlar bilan ishlashdagi mavjud modellarning cheklovlari, shuningdek olimning quyidagi mualliflik yondashuvlari ko‘rib chiqildi: Point Extraction Method, Benchmark Extraction Method (BEM), Multidimensional Bayes Classifier (MBC), Benchmark Evaluation Threshold (BETH), Mean-Variance Cloning Technique (MVCT), Threshold Mahalanobis Distance (TMD), Recursive Prediction Model (RP) va Sycophants Curve Model (SCM). Ayniqsa ularning amaliy afzalliklari, barqarorligi, haddan tashqari moslashuv (overfitting) va anomal qiymatlarga (outliers) nisbatan chidamliligi alohida ta’kidlandi.

    Seminarda universitet o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etdi. Taklif etilgan mehmonlar orasida O‘zbekiston Milliy universitetining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi mudiri professor Olimjon Sharipov ham ishtirok etib, u taqdim etilgan ilmiy natijalar dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini yuqori baholadi.

    Ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik uchun katta salohiyat borligini ta’kidlab, birgalikdagi ilmiy va o‘quv seminarlarini o‘tkazish, xalqaro jurnallarda maqolalar tayyorlash, yuqori o‘lchamli klassifikatsiya, mashinaviy o‘rganish, amaliy statistika va katta ma’lumotlar tahlili bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Shuningdek, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va xalqaro grantlarga ariza tayyorlash imkoniyatlari ham qayd etildi. Muhokama ilmiy aloqalarni mustahkamlash va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlikni ko‘rsatdi.